Foydalanish shartlari

So'ngi yangilanish: 2024

1. Umumiy qoidalar

Ushbu sahifada Algorismic ("Kompaniya", "biz") veb-sayti va xizmatlaridan foydalanish shartlari keltirilgan. Saytga kirish yoki xizmatlardan foydalanish orqali siz ushbu shartlarga rozilik bildirasiz. Agar shartlarga qo'shilmasangiz, saytdan foydalanmang.

2. Xizmatlar haqida

Algorismic — IT outsource kompaniya bo'lib, veb-saytlar, mobil va desktop ilovalar ishlab chiqish, startup yaratish va rivojlantirish xizmatlarini taqdim etadi. Barcha xizmatlar shartnoma asosida va alohida kelishuv bo'yicha amalga oshiriladi.

3. Foydalanuvchi majburiyatlari

Sayt va xizmatlardan foydalanuvchi quyidagilarga rioya qilishi shart:

  • Qonun va qoidalarga zid harakatlardan saqlanish
  • Boshqa foydalanuvchilar yoki kompaniya huquqlarini buzmaslik
  • Zararli dastur, virus yoki xakerlik harakatlarini amalga oshirmaslik
  • Noto'g'ri yoki chalg'itadigan ma'lumot tarqatmaslik

4. Intellektual mulk

Sayt tarkibidagi barcha materiallar (matn, dizayn, logotip, rasmlar, kod va boshqalar)Algorismic yoki litsenziya egasiga tegishli. Ushbu materiallarni ruxsatsiz nusxalash, tarqatish yoki tijorat maqsadida ishlatish taqiqlanadi.

5. Cheklovlar va javobgarlik

Sayt "qanday bo'lsa, shunday" asosida taqdim etiladi. Kompaniya sayt ishlashining uzluksizligi yoki xatosizligini kafolatlamaydi. Sayt orqali olingan ma'lumotlar asosida qabul qilingan qarorlar uchun javobgarlik foydalanuvchiga tegishli.

6. Shartlarning o'zgarishi

Kompaniya ushbu shartlarni oldindan xabar berilmasdan o'zgartirish huquqini o'zida saqlaydi. O'zgarishlar saytda e'lon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi. Saytdan davomiy foydalanish yangilangan shartlarga rozilik hisoblanadi.

7. Bog'lanish

Savollar yoki takliflar uchun: djshahrick@gmail.com